Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

26 Sen 2026

Markaz Xivadagi XXX «Vohidov o‘qishlari – 2026» konferensiyasida uchta ma’ruza taqdim etdi

Qadimiy Xiva shahrida «Vohidov o‘qishlari – 2026» XXX respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi vakillari faol qatnashib, oshqozon va kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolashga oid uchta ma’ruza taqdim etdi.

Markaz Xivadagi XXX «Vohidov o‘qishlari – 2026» konferensiyasida uchta ma’ruza taqdim etdi

Qadimiy va afsonaviy Xiva shahrida «Vohidov o‘qishlari – 2026» XXX respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, mamlakatimiz hamda qator xorijiy davlatlarning yetakchi jarrohlari, taniqli olimlar va ekspertlar, shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi vakillari ham faol qatnashmoqda.

Markaz taqdim etgan ma’ruzalar

  • «Laparoskopik gastrektomiya: operatsiyadan keyingi tezlashtirilgan tiklanish (ERAS) sari yo‘l» — Xudayarov S.S., tibbiyot fanlari doktori (DSc).
  • «Laparoskopik total gastrektomiyada chiziqli ezofagoeyunoanastomoz texnikasi va xavfsizligi» — professor Adilxodjayev Asqar Anvarovich.
  • «Minimal invaziv aralashuvlardan foydalangan holda kolorektal saratonni kombinatsiyalangan davolash natijalari» — Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).

Ma’ruzalar oshqozon va kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolash, zamonaviy minimal invaziv texnologiyalar, operatsiyalar xavfsizligi hamda bemorlarning operatsiyadan keyingi tiklanishini yaxshilash masalalariga bag‘ishlandi.

Konferensiyada ishtirok etish zamonaviy jarrohlik amaliyotidagi tajribalarni taqdim etish, yangi ilmiy yondashuvlar bilan tanishish hamda mutaxassislar o‘rtasida professional fikr almashish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.