Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

25 Sen 2026

Turkiyaning yetakchi urologlari bilan tajriba almashinuvi

25–26-sentabr kunlari Turkiyadan kelgan professorlar Murat Binbay va Fatih Yanaral Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etdi. Tadbir doirasida zamonaviy, murakkab onkourologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Turkiyaning yetakchi urologlari bilan tajriba almashinuvi

25–26-sentabr kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida Turkiyaning va markazning yetakchi urolog mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Professor doktor Murat Binbay (urolog), professor doktor Fatih Yanaral (urolog) va markaz direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xalmurzayev Oybek Avezxanovich ishtirokida zamonaviy onkourologiya yo‘nalishida tajriba almashinuvi amalga oshirildi.

Dastur doirasida

  • zamonaviy urologik va onkourologik jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha mahorat darslari
  • murakkab klinik holatlar va operatsion taktikalar muhokamasi
  • shifokorlar uchun ilmiy-amaliy seminar
  • turkiyalik va mahalliy mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvi

Tadbirlarga urologlar, onkourologlar, onkologlar, jarrohlar, radiologlar, anesteziolog-reanimatologlar, klinik ordinatorlar, magistrlar, talabalar hamda sohaga qiziquvchi mutaxassislar taklif etilgan edi. Tadbirlar soat 14:00 da markazning konferensiya zalida boshlandi.

Tadbir doirasida zamonaviy, murakkab onkourologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur hamkorlik zamonaviy tibbiy texnologiyalar va ilg‘or jarrohlik usullarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’muriyati

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.