Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

10 Sen 2026

Markaz va hududiy filiallar ishtirokida navbatdagi MDT yig'ilishlari o'tkazildi

Markaz va hududiy filiallar o'rtasida onkourologiya va onkoginekologiya yo'nalishlari bo'yicha MDT (multidisiplinar konsilium) yig'ilishlari o'tkazildi; ularda Markaz mutaxassislari va taklif etilgan xorijiy patomorfolog ishtirok etdi.

Markaz va hududiy filiallar ishtirokida navbatdagi MDT yig'ilishlari o'tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaRIATM) hamda uning hududiy filiallari o'rtasida navbatdagi multidisiplinar konsilium (MDT) yig'ilishlari bo'lib o'tdi.

Yig'ilishlar doirasida ikki yo'nalish bo'yicha alohida MDT muhokamalari tashkil etildi:

  • birinchi MDTda onkourologiya yo'nalishidagi murakkab klinik holatlar;
  • ikkinchi MDTda esa onkoginekologiya yo'nalishida davolanayotgan bemorlarning klinik holatlari batafsil ko'rib chiqildi.

Konsiliumlarda Markaz va uning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan onkourologlar, onkoginekologlar, kimyoterapevtlar, radiologlar va patomorfologlar, shuningdek, xorijdan maxsus taklif etilgan professor-patomorfolog oflayn va onlayn shakllarda ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida har bir bemorning klinik, instrumental, laborator va morfologik tekshiruv natijalari atroflicha tahlil qilindi hamda turli yo'nalish mutaxassislarining xulosalari o'zaro muvofiqlashtirildi. Ayniqsa murakkab klinik holatlarda tashxisni aniqlashtirish, kasallik bosqichini to'g'ri baholash, qo'shimcha tekshiruvlar hajmini belgilash va har bir bemor uchun eng maqbul individual davolash taktikasini tanlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Yig'ilishlarning asosiy maqsadi — onkologik bemorlarga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, murakkab holatlarda multidisiplinar yondashuvni ta'minlash, Markaz va hududiy filiallar o'rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg'or xalqaro tajribalarni amaliyotga izchil joriy etishdan iborat.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar