Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

09 Sen 2026

Onkologiyada sun'iy intellekt: Mindray delegatsiyasi markazga tashrif buyurdi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Mindray kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi; sun'iy intellekt asosidagi tibbiy texnologiyalarni joriy etish muhokama qilindi.

Onkologiyada sun'iy intellekt: Mindray delegatsiyasi markazga tashrif buyurdi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Mindray kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — sun'iy intellekt asosidagi zamonaviy tibbiy jihoz va texnologiyalarni onkologiya sohasida amaliyotga joriy etish, diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishdan iborat.

Uchrashuv davomida onkologik kasalliklarni erta va aniq tashxislashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sun'iy intellekt imkoniyatlari, ilg'or diagnostika uskunalari hamda ularni klinik amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo'nalishlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni markaz faoliyatiga joriy etish va mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha fikr almashdilar. Mazkur tashrif onkologiya sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar