Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

07 Sen 2026

Onkologiya muassasalari rahbarlari uchun sertifikatlangan malaka oshirish kursi

O‘zbekiston onkologiya tizimida ilk bor Markaz onkologiya muassasalari rahbarlari uchun HEALTH MANAGMENT va Turkiya Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida sertifikatlangan malaka oshirish kursini o‘tkazmoqda. I modul 2026-yil 7–10-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Onkologiya muassasalari rahbarlari uchun sertifikatlangan malaka oshirish kursi

O‘zbekiston onkologiya tizimida ilk bor Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkologiya muassasalari rahbarlari uchun sertifikatlangan malaka oshirish kursini o‘tkazmoqda. “Shifoxona rahbarlarini rivojlantirish dasturi” doirasidagi kurs HEALTH MANAGMENT hamda Turkiya Strategik tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

I modul — “Shifoxona boshqaruvida asosiy kompetensiyalar” 2026-yil 7–10-sentabr kunlari Toshkentdagi Markazda, har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi; ro‘yxatdan o‘tish 7-sentabr kuni soat 08:30 dan boshlanadi. Kursning umumiy hajmi 30 akademik soat bo‘lib, mashg‘ulotlar turk tilida, o‘zbek va rus tillariga ketma-ket tarjima bilan olib boriladi.

Trening rahbarlarning zamonaviy boshqaruv, etakchilik, strategik qaror qabul qilish, resurslardan samarali foydalanish hamda moliyaviy va klinik jarayonlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur yo‘nalishlari

  • sog‘liqni saqlash tizimida onkologiya muassasalarining o‘rni;
  • zamonaviy shifoxona boshqaruvi va rahbarlik tamoyillari, jamoani samarali boshqarish va muloqot;
  • bemorning klinik marshrutini boshqarish: tashxis → patologiya → MDT → davolash → kuzatuv;
  • shifoxona quvvati, bemorlar oqimi va ish yukini muvofiqlashtirish;
  • onkologik xizmat sifati va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI);
  • moliyaviy boshqaruv, yuqori xarajatli dori vositalari va resurslarni oqilona taqsimlash;
  • multidisiplinar konsilium (MDT) faoliyatini boshqarish, “Cancer” registr axborot tizimi va raqamlashtirish;
  • bemor huquqlari, tibbiy etika va rahbarning ijtimoiy mas’uliyati.

Mashg‘ulotlarni Turkiyaning sog‘liqni saqlash menejmenti sohasidagi etakchi mutaxassislari — professor, doktor Sedat Bostan, professor, doktor Ramazan Erdem, professor, doktor Mehmet Nurullah Kurutkan va dotsent, doktor Ahmet Yasin Yeşildağ olib boradi. Trening nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy seminarlar, guruhli muhokamalar, vaziyatli topshiriqlar va rolli o‘yinlarni qamrab oladi. Ishtirok va baholash talablarini bajargan tinglovchilarga “Shifoxona boshqaruvida asosiy kompetensiyalar” sertifikati topshiriladi. Markazning barcha hududiy filiallari direktorlari trening dasturida to‘liq ishtirok etishlari shart.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar