Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

25 Avg 2026

Turkiyalik mutaxassis ishtirokida kam invaziv onkologik jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi

Markazda o'tkazilgan mahorat darsi doirasida kam invaziv jarrohlik bo'limi mutaxassislari va Sakarya universiteti professori Fatih Altıntoprak laparoskopik gastrektomiya hamda laparoskopik sigmasimon ichak rezeksiyasini bajardi.

Turkiyalik mutaxassis ishtirokida kam invaziv onkologik jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi

Markazda kam invaziv jarrohlik bo'limi mutaxassislari va Turkiyaning nufuzli mutaxassisi — Sakarya universiteti tibbiyot fakulteti dekani, onkojarroh professor Fatih Altıntoprak ishtirokida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi va ikki amaliyot bajarildi.

Laparoskopik gastrektomiya

1962-yilda tug'ilgan bemorga kardioezofageal soha saratoni, II bosqich, II klinik guruh, Siewert III turi tashxisi qo'yilgan; hamroh kasallik sifatida 2-tur qandli diabet mavjud. Operatsion brigada: professor Adilxo'jayev Asqar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, O'rmonov Umidjon Bo'tabekovich va professor Fatih Altıntoprak.

Laparoskopik sigmasimon ichak rezeksiyasi

1980-yilda tug'ilgan bemorga sigmasimon ichak saratoni tashxisi qo'yilgan; unga laparoskopik sigmasimon ichak rezeksiyasi va desendorektal anastomoz bajarildi. Operatsion brigada: professor Adilxo'jayev Asqar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, Komiljonov Kamronbek Doniyorovich va professor Fatih Altıntoprak.

Kam invaziv usulning afzalliklari

  • jarrohlik jarohatini va operatsiyadan keyingi og'riqni kamaytirish
  • kuchli ta'sir qiluvchi narkotik og'riqsizlantiruvchi vositalarga ehtiyojni kamaytirish
  • bemorni erta faollashtirish va operatsiya kuniyoq ixtisoslashtirilgan bo'limga o'tkazish
  • statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va tez tiklanishni ta'minlash

Xalqaro tajriba almashinuvi va zamonaviy jarrohlik texnologiyalarini keng joriy etish mutaxassislar malakasini oshirish hamda onkologik bemorlarga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar