Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

21 Avg 2026

Markazda Ilmiy kengashning oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Markazda Ilmiy kengashning oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tib, unda ilmiy laboratoriya faoliyati, hududiy filiallarda o'pka saratonini davolashni takomillashtirish va dastlabki bosqichdagi klinik tadqiqot ko'rib chiqildi.

Markazda Ilmiy kengashning oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaRIATM) Ilmiy kengashining oltinchi yig'ilishi 21-iyun kuni bo'lib o'tdi. Yig'ilishda ilmiy kengash a'zolari, yetakchi mutaxassislar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

  • Markaz ilmiy laboratoriyasi faoliyati, tahlili, muammolari va takliflari. Ma'ruzachi: ilmiy laboratoriya mudiri prof. Z.M. Enikeeva.
  • Markaz koordinatsiyasi ostidagi hududiy filiallarda o'pka saratonini tashxislash va davolashni takomillashtirish. Ma'ruzachi: torakal bo'limi shifokori O.D. To'ychiyev.
  • Davolashda samara kuzatilmagan solid o'smali bemorlarda ZE94-0605 (anti-CD key) preparatining 1-bosqich klinik tadqiqoti to'g'risidagi birlamchi ma'lumot. Ma'ruzachi: kimyoterapiya bo'limi rahbari t.f.d. S.V. Kamishov.
  • Turli masalalar yuzasidan muhokamalar.

Yig'ilish davomida dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi va amaliy takliflar ilgari surildi.

Yakunda Markaz faoliyati samaradorligini oshirish va palliativ yordamni rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar