13 Noy 2026
ONKOLOGIYA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMI VA ICHKI NAZORAT TADBIRLARI KUCHAYTIRILMOQDA
Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi hamda Inson resurslari bo‘limi mas’ullari tomonidan tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, tizimda ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Onkologiya markazida tungi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi hamda Inson resurslari bo‘limi mas’ullari tomonidan tashkil etildi.
Nazorat davomida tungi navbatchilikda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining xizmat joyida hozirligi, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va vijdonan bajarishi, ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishi hamda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.
Shu bilan birga, bemorlar holidan xabar olinib, ularning davolanish sharoitlari, tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va muomala madaniyati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Ta’kidlash joizki, bunday nazorat tadbirlarining asosiy maqsadi faqat kamchiliklarni aniqlash emas, balki xodimlar mas’uliyatini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish hamda bemorlar manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Zero, tibbiyot sohasida har bir xodimning mas’uliyati, halolligi va fidoyiligi inson salomatligi va hayoti bilan chambarchas bog‘liq.
Bunday profilaktik va nazorat tadbirlari markazda belgilangan tartibda davom ettiriladi.