Bolalar onkologiyasiga qarshi kurash kuni

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida 4500 dan ortiq turli xil onkologik kasalliklarga chalingan bolalar mavjud va har yili 900 ta yangi holatlar ro’yxatga olinadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaRIATM) tarkibida bolalar onkologiyasi bo’limi mavjud bo’lib, unda 60 bola bir vaqtning o’zida davolanadi. Respublika onkologiya va radiologiya bo’limlarida 100 ta bolalar o’rinlari mavjud bo’lib, ularda yiliga 400 ga yaqin jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.

Bemorning yoshidan qat’i nazar, saraton kasalligini davolash jismoniy va psixologik jihatdan murakkab jarayondir. Bemorlarga nafaqat zamonaviy va sifatli davolanish, balki maxsus moddiy va psixologik yordam ham kerak.

Joriy yilning 15 fevralida RIOvaRIATM tomonidan onkopatologiya bilan og’rigan bolalarga bag’ishlangan xayriya tadbiri bo’lib o’tdi. Unda vazirlik vakillari, deputatlar, tadbirkorlar va o’zbek estradasi yulduzlari ishtirok etishdi.

Markazga Senatning Ayollar va gender tengligi qo’mitasi raisi Kadirxonova Malika Akbarovna tashrif buyurdi. U bolalar bo’limidagi ishlarning umumiy holati bilan tanishdi, shifokorlar, kasal bolalar va ularning ota-onalar bilan suhbatlashdi. Tashrif yakunida Malika Akbarovna bo’limning barcha tibbiyot xodimlari ishlariga zafarlat tiladi va bemor bolalarni tezroq sog’ayib ketishlari istagini bildirdi.

Bayram Respublika qo’g’irchoq teatri san’atkorlarining chiqishlari bilan davom etdi, unda bolalar ijobiy his-tuyg’ularga ega bo’ldilar. Yotoq holatidagi bolalar uchun keramika rassomlaridan mahorat darsi tashkil etildi. Ular vosita mahoratini rivojlantiradigan, tasavvurni targ’ib qiluvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo’lgan eng yaxshi ijodiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Voqealarning kulminatsion nuqtasi xech bir bolani befarq qoldirmaydigan Baykerlar namoyishi bo’ldi. “Biz odamlarga mototsiklchilar faqatgina tungi haydovchilar emas ekanligini ko’rsatmoqchimiz. Bunday tadbirlarni o’tkazib yubormaslikka harakat qilamiz. Biz ko’pincha xayriya tadbirlarida ishtirok etamiz. Bayram o’tkazilishini bilganimdan so’ng, men bolalarni qo’llab-quvvatlashga qaror qildim, bu bolalar biz haqimizda ma’lumot olishadi», – dedi MCC Patriot mototsikl klubi vakili.

Bemor bolalarga sovg’alar ulashish haqida unutmadik. AKFA guruhi vakillari davolanayotgan bolalar uchun foydali bo’lgan «Jasorat qutisi» taqdim etishdi – ularga ruxsat berilgan shirinliklar va mevalar, rivojlanish uchun rasm va kitoblar joylashtirilgan.

Bundan tashqari AKFA Group xolding kompaniyasi «Ishonch» jamg’armasiga bolalar bo’limi uchun zarur bo’lgan uskunalar va dori-darmonlarni sotib olish uchun xayriya yordamini ko’rsatdi. «Ishonch» xayriya jamg’armasi 2020 yil 2 iyulda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi ko’magida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida tashkil etilgan. Jamg’armaning maqsadi turli xil kelib chiqishi og’ir kasalliklarga chalingan odamlarga, ularning  oilalarga, shu kabi tibbiy va boshqa muassasalarga, tadqiqot olib boradigan shifokorlarga yordam, shu jumladan moddiy yordam berishdir.

 

Таким образом, онкологический центр в сотрудничестве с представителями бизнеса и государственными организациями, поддерживает у детей позитивный настрой и уверенность в том, что все радости детства им доступны, что их любят и не дадут остаться наедине с коварным заболеванием.

Shunday qilib, onkologiya markazi biznes vakillari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda bolalarda pozitiv kayfiyat ulashsishda davom etadi va ularni ushbu injiq kasallik bilan kurashishda hech qachon yolg’iz qoldirmaydi.

RIOvaRIATM matbuot xizmati

Orqaga qaytish