Zaif ko'ruvchilar uchun

+998(71) 246-05-13

Аssalomu alaykum. Qurbon hayit muborak bo’lsin!

Аssalomu alaykum aziz va hurmatli doʼstlar, hamkasblar, yurtimiz onkologiya tizimida faoliyat yuritayotgan barcha fidokor insonlar! Barchangizga ulugʼ va muqaddas bayram – Qurbon hayit muborak boʼlsin! Ushbu dunyo musulmonlarining eng ulugʼ bayrami arafasida sizga va siz orqali barcha oila aʼzolaringizga, butun vatandoshlarimiz xonadoniga qut-baraka, sogʼliq-salomatlik va tinchlik – xotirjamlik tilab qolamiz. Dunyodan, yurtimizdan tezroq koronavirus kasalligi bartaraf boʼlishini, barchamiz sogʼ-salomat xalqimiz hizmatini qilib yurishligimizni Ollohdan soʼrab qolamiz. Barchangizga Hayit muborak aziz yurtdoshlar!

 

Ushbu kun Olloxning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo’lsin eng ezgu tilak,
Aziz insonimga Hayit muborak!

Вернуться назад