28 Okt 2026
MAMMOLOGIYA YO‘NALISHIDA XALQARO O‘QUV SEMINARI
«Missiya Dobro» loyihasi doirasida Gustave Roussy International Uzbekistan tibbiyot markazida rossiyalik mutaxassis Ekaterina Yevgenyevna ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
16 yillik tajribaga ega mutaxassis Ekaterina Yevgenyevna ishtirokida sut bezi kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, jarrohlikdagi ilg‘or yondashuvlar hamda klinik amaliyotga oid masalalar muhokama qilindi.
Seminar xalqaro tajriba almashish, mutaxassislarning kasbiy bilimlarini oshirish va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qildi.