27 Okt 2026
XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA MAMMOLOGIYA YO‘NALISHIDA MASTER-KLASS VA ILMIY MA’RUZALAR
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Uzbekistan tibbiyot markazida Rossiyaning «Missiya Dobro» loyihasi bilan hamkorlik doirasida xalqaro master-klass va ilmiy-amaliy ma’ruzalar tashkil etiladi.
Tadbirda 16 yillik kasbiy tajribaga ega mutaxassis Ekaterina Yevgenyevna ishtirok etadi.
Mutaxassis sut bezining yaxshi sifatli kasalliklari va saratonini tashxislash hamda davolash, interventsion ultratovush diagnostikasi, a’zoni saqlab qoluvchi, onkoplastik, rekonstruktiv-plastik va estetik jarrohlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
📅 26–28-oktabr 2026-yil
📍 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahri.
🔬 27-OKTABR — AMALIY MASTER-KLASS
Mavzu: «Sut bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullari»
Master-klass davomida sut bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolashning ilg‘or yondashuvlari va zamonaviy amaliy usullari ko‘rib chiqiladi.
📚 28-OKTABR — ILMIY MA’RUZALAR
🕑 Boshlanish vaqti: 14:00
Ma’ruzalar mavzulari:
1️⃣ Ginekomastiya va erkaklarda sut bezi saratoni
2️⃣ Fibroadenomalarni davolashda individual yondashuv
3️⃣ Sut bezining intraduktal papillomasini davolashga zamonaviy yondashuvlar
🤝 Tadbirning asosiy maqsadi — xalqaro tajriba almashish, mammologiya va onkologik jarrohlik sohasida zamonaviy diagnostika hamda davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
🌐 Mazkur hamkorlik sut bezi kasalliklarini erta aniqlash, samarali davolash va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.