27 Okt 2026
ILMIY-AMALIY TA’LIM SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ!
Seminar mavzusi: «Whipple operatsiyasi materialini makroskopik baholash, namuna olish va patologik hisobot tayyorlash»
Ma’ruzachi:
Abror Rajabbayev
Moderator:
Professor, doktor Sevilay Özmen
Sana: 2026-yil 28-oktabr, chorshanba
Vaqt: 15:00
Ishtirok etish shakli: onlayn — Zoom platformasi orqali
Seminarning asosiy maqsadi — Whipple operatsiyasidan keyingi jarrohlik materialini makroskopik tekshirish, anatomik tuzilmalarni to‘g‘ri yo‘naltirish va tavsiflash, rezeksiya chegaralarini baholash, gistologik tekshiruv uchun reprezentativ namunalar olish hamda standartlashtirilgan patologik xulosa tayyorlash tamoyillarini yoritishdan iborat.
Seminar davomida:
🔹 operatsion materialni qabul qilish va makroskopik baholash bosqichlari;
🔹 o‘smaning joylashuvi, hajmi va atrof tuzilmalarga munosabatini aniqlash;
🔹 rezeksiya chegaralari va limfa tugunlarini tekshirish;
🔹 gistologik tekshiruv uchun namunalarni to‘g‘ri tanlash;
🔹 patologik hisobotni standart talablar asosida shakllantirish;
🔹 murakkab holatlarda multidisiplinar yondashuv masalalari muhokama qilinadi.
👥 Ishtirok etishga taklif etiladi:
🔹 patologlar va patomorfologlar;
🔹 onkologlar;
🔹 abdominal va gepatopankreatobiliar jarrohlar;
🔹 gastroenterologlar;
🔹 klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalar;
🔹 mavzuga qiziquvchi barcha tibbiyot mutaxassislari.
🌐 Zoom konferensiyasiga ulanish:
🔗 https://us02web.zoom.us/j/3448314010?pwd=d2JINmowNU5mNE5sdXArbkJaQm5Ddz09
🆔 Konferensiya identifikatori: 344 831 4010
🔑 Kirish kodi: 123456
📌 Barcha mutaxassislarni ushbu dolzarb ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!