27 Okt 2026
YUKSAK DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, markazimiz abdominal jarrohlik bo‘limi ilmiy rahbari Djurayev Mirjalol Dehqonovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofot — onkologiya sohasini rivojlantirish, jarrohlik amaliyotini takomillashtirish hamda bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnat va ilmiy faoliyatning munosib e’tirofidir.