Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan

23 Okt 2026

Xalqaro tajriba almashinuvi: mammologiya va endokrin jarrohlik bo'yicha master-klass

2026-yil 19–23-oktabr kunlari markazimizda Turkiyalik professor Birol Korukluoğlu ishtirokida mammologiya va endokrin jarrohlik bo'yicha xalqaro master-klass va amaliy o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

Xalqaro tajriba almashinuvi: mammologiya va endokrin jarrohlik bo'yicha master-klass

2026-yil 19–23-oktabr kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International O'zbekiston tibbiyot markazida Turkiyadan tashrif buyurgan professor Birol Korukluoğlu ishtirokida xalqaro master-klass va amaliy o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

Mehmon haqida

Professor Birol Korukluoğlu — ko'krak bezi va endokrin organlar jarrohligi bo'yicha 30 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, Anqaradagi «Bilkent» shahar shifoxonasining ko'krak bezi, qalqonsimon bez va endokrin jarrohlik bo'limi asoschisi. U AQSh, Fransiya va Italiyada ham malaka oshirgan.

Tashrif doirasida

Master-klass davomida quyidagi yo'nalishlar muhokama qilindi:

  • mammologiya va endokrin jarrohlikdagi zamonaviy yondashuvlar;
  • murakkab jarrohlik amaliyotlarini rejalashtirish va bajarish tamoyillari;
  • bemorlar xavfsizligini ta'minlash usullari;
  • ilg'or xalqaro klinik tajribalar.

Mashg'ulotlar davomida Markaz mutaxassislari bilan bilim va tajriba almashildi.

Minnatdorchilik

Professor Birol Korukluoğluga qimmatli tajribasi bilan o'rtoqlashgani va markazimiz mutaxassislarining kasbiy rivojlanishiga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Xalqaro hamkorlik — zamonaviy tibbiyot sari muhim qadam.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.