10 Okt 2026
Toshkentda ayollar salomatligi uchun “Pink October” xayriya yugurishi o‘tkazildi
2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlash va ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan xayriya yugurishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir DeepenWell, Gustave Roussy International Uzbekistan va Matcha Club tomonidan Donna Glore ko‘magida tashkil etildi.
2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlash va ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan xayriya yugurishi bo‘lib o‘tdi.
Yugurish Tashkent City Boulevarddan Shevchenko ko‘chasidagi Matcha Club tomon yo‘nalish bo‘ylab tashkil etildi. Tadbir DeepenWell, Gustave Roussy International Uzbekistan va Matcha Club tomonidan Donna Glore ko‘magida o‘tkazildi.
Tadbir barchani ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilishga hamda ko‘krak bezi saratonining oldini olish va uni erta aniqlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga taklif etdi. Birgalikdagi har bir qadam — ayollar salomatligi va hayoti yo‘lidagi muhim qadamdir.