08 Okt 2026
Onkologiya sohasidagi ayollar: Saide Mustafayevna Janklich va Kanser-registr
«Onkologiya sohasidagi ayollar» rukinining navbatdagi soni Markazning Kanser-registr bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) Saide Mustafayevna Janklichga hamda kanser-registrning onkologiya xizmatidagi o‘rniga bag‘ishlangan.
Onkologiya — chuqur bilim, yuksak mas’uliyat, matonat va fidoyilikni talab qiladigan soha. Ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ayollar o‘z bilimi va tajribasi, tashabbuskorligi hamda kasbiga sadoqati bilan tibbiyot rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazining «Onkologiya sohasidagi ayollar» rukinining bugungi qahramoni — Markazning Kanser-registr bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) Saide Mustafayevna Janklich.
Kanser-registr onkologik kasalliklar haqidagi ma’lumotlarni tizimli shakllantirish, kasallanish ko‘rsatkichlarini kuzatish, epidemiologik vaziyatni tahlil qilish hamda onkologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin tutadi. Mas’uliyatli yo‘nalishdagi professional faoliyat, ilmiy salohiyat va kasbga sadoqat ushbu sonning asosiy mazmunini tashkil etadi.