07 Okt 2026
«Pushti oktabr — 2026»: Ichki ishlar vazirligidagi ayollar uchun ko‘rik va konsultatsiyalar
«Pushti oktabr — 2026» oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali ayollar salomatligini muhofaza qilish va onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 8, 15, 22 va 29-oktabr kunlari tibbiy ko‘riklar hamda mutaxassis konsultatsiyalarini tashkil etmoqda.
«Pushti oktabr — 2026» oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali ayollar salomatligini muhofaza qilish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish maqsadida tibbiy ko‘riklar hamda mutaxassis konsultatsiyalarini tashkil etmoqda.
Jadval (2026-yil)
- 8-oktabr — Munojat Murodova, Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitalida faoliyat yurituvchi ayollar uchun
- 15-oktabr — Aziza Tasheva, Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasida faoliyat yurituvchi ayollar uchun
- 22-oktabr — Munojat Murodova, Ichki ishlar vazirligi Markaziy apparatida faoliyat yurituvchi ayollar uchun
- 29-oktabr — Aziza Tasheva, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yurituvchi ayollar uchun
Konsultatsiya davomida ayollar salomatligi, xavfli omillarning oldini olish, kasalliklarni erta aniqlash va zarur hollarda keyingi tibbiy tekshiruvlardan o‘tish bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari beriladi.
Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang! Vaqtida o‘tkazilgan ko‘rik — o‘z vaqtida ko‘rilgan choradir.
«Pushti oktabr — 2026» — ayollar salomatligiga e’tibor hamda sog‘lom kelajak sari muhim qadam!