01 Okt 2026
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi barcha ustoz va murabbiylarni tabriklaydi.
Bugun, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Shu munosabat bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi bayram tabrigini yo‘llaydi.
Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Mashaqqatli va sharafli mehnatingizda doimo omad va muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Bergan bilimingiz, mehringiz va tarbiyangiz samarasini ko‘rib, shogirdlaringiz yutuqlaridan faxrlanib yuring!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ustozlar!