29 Sen 2026
Ilmiy kengashning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida Ilmiy kengashning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Radiatsion halokatlar bo‘yicha o‘quv markazi hisoboti va bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda sun’iy intellekt haqidagi ma’lumot tinglandi.
2026-yil 28-sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida Ilmiy kengashning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda onkologiya va radiologiya sohasidagi dolzarb masalalar, tibbiy yordam sifatini yanada takomillashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar
- Radiatsion halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish va nur terapiyasi bo‘yicha o‘quv markazining 2025-yil yakunlari hisoboti. Ma’ruzachi: tibbiyot fanlari nomzodi Irmatova Ziyoda Abilovna.
- Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash dasturini takomillashtirish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalarıni joriy etishga asoslangan xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumot. Ma’ruzachi: Onkoginekologiya bo‘limi ilmiy rahbari t.f.d. Zaxirova Nargiza Ne’matovna.
Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro tajriba hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Ilmiy kengash yig‘ilishi markazda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va onkologik kasalliklarni erta aniqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.