26 Sen 2026
Samarqandda robotik onkojarrohlik konferensiyasi: robot-assistirlangan total mezorektal eksiziya bo‘yicha ma’ruza
Samarqand shahrida robotik onkojarrohlikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi shifokori Lukmonov Saidrahim Nodirovich «Robot-assistirlangan total mezorektal eksiziya: texnik jihatlar va shaxsiy tajriba» mavzusida ma’ruza qildi.
Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida Samarqand shahrida robotik onkojarrohlikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi Koloproktologiya bo‘limi shifokor-onkokoloproktologi, t.f.n. Lukmonov Saidrahim Nodirovich «Robot-assistirlangan total mezorektal eksiziya: texnik jihatlar va shaxsiy tajriba» mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur xalqaro tadbir zamonaviy robotik jarrohlik texnologiyalarini o‘rganish, ilg‘or xalqaro tajribani almashish hamda onkojarrohlik amaliyotiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.