Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

26 Sen 2026

Markaz mutaxassislari «O‘zbekiston–Germaniya» III tibbiyot forumida ishtirok etdi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi mutaxassislari poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston–Germaniya» III tibbiyot forumida faol ishtirok etdi. Ular panel sessiyalarida tajriba almashib, germaniyalik hamkasblar bilan hamkorlikni muhokama qildi.

Markaz mutaxassislari «O‘zbekiston–Germaniya» III tibbiyot forumida ishtirok etdi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi mutaxassislari poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston–Germaniya» III tibbiyot forumida faol va samarali ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirokida zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari, xususan, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, ilg‘or davolash usullari, tibbiy ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Markaz mutaxassislari panel sessiyalarida ishtirok etib, O‘zbekistonda onkologik va jarrohlik xizmatlarini rivojlantirish borasidagi tajriba bilan o‘rtoqlashdi, germaniyalik hamkasblar bilan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Bunday xalqaro muloqotlar O‘zbekiston tibbiyotida ilg‘or tajribalarni joriy etish, professional aloqalarni mustahkamlash hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

RIO va RIATM matbuot xizmati

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.