Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

25 Sen 2026

Professor Sevilay Özmen bilan o‘pka adenokarsinomalarining pattern-tahlili seminari

2026-yil 2-oktabr, juma kuni soat 15:00 da professor, doktor Sevilay Özmen rahbarligida o‘pka o‘smalarining morfologik diagnostikasiga bag‘ishlangan «O‘pka adenokarsinomalarining pattern-tahlili» ilmiy-amaliy seminari o‘tkaziladi.

Professor Sevilay Özmen bilan o‘pka adenokarsinomalarining pattern-tahlili seminari

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida o‘pka o‘smalarining morfologik diagnostikasiga bag‘ishlangan «O‘pka adenokarsinomalarining pattern-tahlili» mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.

Tafsilotlar

  • Spiker: professor, doktor Sevilay Özmen
  • Sana: 2026-yil 2-oktabr, juma
  • Boshlanish vaqti: soat 15:00
  • Manzil: Markazning 3-qavati, konferensiyalar zali

Seminarning asosiy maqsadi — o‘pka adenokarsinomalarining gistologik tuzilishini zamonaviy mezonlar asosida baholash, yetakchi va qo‘shimcha patternlarni aniqlash, differensial diagnostikani takomillashtirish hamda morfologik xulosalarni standartlashtirishdan iborat.

Seminarda yoritiladigan masalalar

  • o‘pka adenokarsinomalarining asosiy gistologik patternlari
  • yetakchi va qo‘shimcha o‘sma komponentlarini aniqlash
  • differensial diagnostikaning muhim mezonlari
  • morfologik xulosalarni xalqaro talablarga muvofiq standartlashtirish
  • gistologik tuzilishning kasallik prognozi va davolash taktikasini belgilashdagi o‘rni
  • murakkab diagnostik holatlarda multidisiplinar yondashuvning ahamiyati

Taklif etiladiganlar

  • patologlar va patomorfologlar
  • onkologlar va kimyoterapevtlar
  • torakal jarrohlar
  • pulmonologlar
  • radiologlar va nur diagnostikasi mutaxassislari
  • molekulyar diagnostika va laboratoriya mutaxassislari
  • klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalar
  • sohaga qiziquvchi barcha mutaxassislar

Seminar zamonaviy morfologik yondashuvlarni chuqur o‘rganish, murakkab diagnostik holatlarni muhokama qilish va mutaxassislar o‘rtasida amaliy tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha mutaxassislarni seminarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Markaz ma’muriyati

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.