24 Sen 2026
«Onkologiya sohasida ayollar» yangi rukni shifokor-gematolog Azoda Achilova bilan boshlanadi
Markaz ayol mutaxassislarning yutuqlari va tajribasini tanishtirish uchun «Onkologiya sohasida ayollar» yangi ruknini boshlaydi. Birinchi mehmon — atigi besh oyda 5 ta suyak ko‘migi transplantatsiyasida ishtirok etgan shifokor-gematolog Achilova Azoda Umarovna.
Onkologiya — chuqur bilim, ulkan mas’uliyat, matonat va fidoyilikni talab qiladigan soha. Unda mehnat qilayotgan ayol mutaxassislarning yutuqlari, kasbiy tajribasi hamda ibratli faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida yangi — «Onkologiya sohasida ayollar» ruknini boshlaymiz.
Ruknimizning ilk soni mehmoni — shifokor-gematolog Achilova Azoda Umarovna.
Azoda Umarovna Markazdagi atigi besh oylik faoliyati davomida suyak ko‘migi transplantatsiyasi yo‘nalishini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. Uning bevosita ishtirokida 5 ta suyak ko‘migi transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Suhbatda
- shifokorning kasbiy faoliyati va gematologiyani tanlashiga sabab bo‘lgan omillar;
- suyak ko‘migi transplantatsiyasining murakkab va mas’uliyatli bosqichlari;
- erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalari.
Bu — shunchaki intervyu emas. Bu ilm-fan, jasorat, mehnat va inson hayoti uchun kurashni o‘zida mujassam etgan ayol shifokor haqidagi hikoya.
«Onkologiya sohasida ayollar» ruknini kuzatib boring! Oldinda sizni yana ko‘plab fidoyi, bilimli va ilhomlantiruvchi ayol mutaxassislar bilan samimiy suhbatlar kutmoqda.
Markaz matbuot xizmati