24 Sen 2026
Deputatlar Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markaziga tashrif buyurdi
Deputatlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi hamda onkologiya sohasini rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirish masalalarida fikr almashdi.
Bugun deputatlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga — xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida markazning faoliyati, onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash yo‘nalishlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, onkologiya sohasini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida sohani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.