Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

23 Sen 2026

Klinik holat taqdimoti: buyrakda yassi hujayrali karsinoma

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarni 2026-yil 23-sentabr kuni soat 16:00 da buyrakning yassi hujayrali karsinomasi (SCC) bo‘yicha onlayn klinik holat taqdimotiga taklif etadi.

Klinik holat taqdimoti: buyrakda yassi hujayrali karsinoma

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi klinik holat taqdimoti o‘tkaziladi. Mavzu: «Buyrakda yassi hujayrali karsinoma (SCC)» — kam uchraydigan va murakkab klinik yondashuvni talab qiladigan xavfli o‘smalardan biri. Taqdimot davomida kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi, differensial tashxisi hamda zamonaviy davolash taktikasiga oid muhim jihatlar muhokama qilinadi.

Taqdimot tafsilotlari

  • Ma’ruzachi: MD Ortiqov Kamoliddin
  • Moderator: Professor, doktor Sevilay Özmen
  • Sana: 2026-yil 23-sentabr
  • Boshlanish vaqti: soat 16:00
  • Ishtirok etish shakli: onlayn, Zoom platformasi orqali

Taqdimot doirasida muhokama qilinadi

  • klinik holatning kechishi va diagnostik jarayon;
  • instrumental va morfologik tekshiruv natijalari;
  • differensial diagnostika mezonlari;
  • individual davolash taktikasini tanlash;
  • multidisiplinar yondashuvning ahamiyati.

Ishtirok etishga taklif etiladi

  • urologlar va onkourologlar;
  • onkologlar va kimyoterapevtlar;
  • patologlar va patomorfologlar;
  • radiologlar va nur diagnostikasi mutaxassislari;
  • jarrohlar;
  • nefrologlar;
  • klinik ordinatorlar va magistrlar;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari;
  • sohaga qiziquvchi barcha mutaxassislar.

Barcha mutaxassislarni ushbu dolzarb klinik muhokamada faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.