Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

21 Sen 2026

O‘pkaning kichik hujayrali va yirik hujayrali neyroendokrin karsinomalari seminari

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘pkaning yuqori darajadagi neyroendokrin karsinomalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy ta’lim seminari 2026-yil 21-sentabr kuni soat 16:00 da o‘tkaziladi. Ishtirok etish onlayn — Zoom platformasi orqali.

O‘pkaning kichik hujayrali va yirik hujayrali neyroendokrin karsinomalari seminari

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi ilmiy-amaliy ta’lim seminari o‘tkaziladi.

**Seminar mavzusi:** «O‘pkaning kichik hujayrali va yirik hujayrali neyroendokrin karsinomalari»

Seminar davomida o‘pkaning yuqori darajadagi neyroendokrin karsinomalarini tasniflash, morfologik va immunogistokimyoviy differensial diagnostika qilish, klinik kechishini baholash hamda zamonaviy davolash yondashuvlarini belgilash masalalari muhokama qilinadi.

**Ma’ruzachi:** Xomidov Sirojiddin Yunusxonovich, MD

**Moderator:** Prof. Sevilay Özmen, MD

Sana va o‘tkazilish joyi

  • Sana: 2026-yil 21-sentabr (bugun)
  • Boshlanish vaqti: soat 16:00
  • O‘tkazilish joyi: Patomorfologiya bo‘limining konferensiyalar zali
  • Ishtirok etish shakli: onlayn — Zoom platformasi orqali

Seminar kimlar uchun mo‘ljallangan

  • onkologlar va kimyoterapevtlar
  • torakal jarrohlar
  • patomorfologlar
  • radiologlar va nur diagnostikasi mutaxassislari
  • pulmonologlar
  • klinik ordinatorlar va magistrlar
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari
  • mavzuga qiziquvchi boshqa mutaxassislar

Barcha mutaxassislar, klinik ordinatorlar, magistrlar, talabalar va mavzuga qiziquvchilarni ilmiy seminarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ma’muriyati

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.