Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

28 Avg 2026

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari taqdirlandi

O'zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari fidokorona mehnati uchun davlat esdalik ko'krak nishoni, tashakkurnomalar, sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyat filialida "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Filial faoliyatida samarali mehnat qilib, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan namuna ko'rsatgan 17 nafar xodim Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi; shuningdek, 14 nafar xodimga pul mukofotlari topshirildi.

Sog'liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo'shgan, ko'p yillar davomida sidqidildan va fidokorona mehnat qilgan, yuksak kasbiy mahorati hamda namunali faoliyati bilan jamoa orasida hurmat qozongan bir guruh xodim O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofotlarni Markaz direktori Sedat Kaya tantanali ravishda o'z egalariga topshirdi. Mazkur e'tirof xodimlarning inson salomatligini asrash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish va mamlakatimiz onkologiya xizmatini rivojlantirish yo'lidagi fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar