28 Noy 2026
«ONKOLOGIYADAGI AYOLLAR» — 9-YANGI SON
Xalqaro mehmonimiz — professor, doktor Sevilay Özmen
🔬 Har bir to‘g‘ri tashxis ortida katta bilim, aniqlik, mas’uliyat va ko‘zga ko‘rinmas mashaqqatli mehnat mujassam. Patomorfologiya esa onkologik kasalliklarni aniqlash va samarali davolash strategiyasini belgilashda muhim o‘rin tutadi.
🌷 «Onkologiyadagi ayollar» ruknining bugungi mehmoni — Turkiyalik mutaxassis, patomorfolog, professor, doktor Sevilay Özmen.
👩⚕️ Ruknimizning navbatdagi soni orqali patomorfologiya sohasi, uning onkologiyadagi ahamiyati hamda ushbu murakkab va mas’uliyatli kasbning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishamiz.
💬 Professor Sevilay Özmen bilan qisqa va mazmunli intervyu orqali uning kasbiy dunyosiga nazar tashlaymiz.
✨ Onkologiyada ayollar — nafaqat bemorlar salomatligi uchun kurashuvchi shifokorlar, balki ilm-fan, aniq tashxis va zamonaviy tibbiyot rivojiga hissa qo‘shayotgan yetakchi mutaxassislardir.
🎥 Professor Sevilay Özmen bilan suhbatimizni videolavhamiz orqali tomosha qiling!
💐 Bilim, aniqlik, mas’uliyat va kasbga sadoqat uyg‘unlashgan manzil — onkologiyadagi ayollar!
🔔 Ruknimizning navbatdagi sonlarini kuzatib boring!