26 Noy 2026
JIZZAX FILIALIDA ONKOLOGIK XIZMAT SIFATI TURKIYALIK MUTAXASSISLAR İŞTIROKIDA ÖRGANILDI
Taşrifdan közlangan maqsad hudud aholisiga körsatilayotgan onkologik yordam sifatini örganiş, filialning mavjud imkoniyatlarini baholaş va ilğor xalqaro tajribani mahalliy amaliyotga tatbiq etiş yollarini körib çiqişdan iborat böldi.
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Özbekiston tibbiyot markazi direktorining örinbosari, tibbiyot fanlari doktori Xurşid Jamşidoviç Islomov bir guruh turkiyalik mutaxassislar bilan birga Markazning Jizzax viloyati filialiga taşrif buyurdi.
🎯 Taşrifdan közlangan maqsad hudud aholisiga körsatilayotgan onkologik yordam sifatini örganiş, filialning mavjud imkoniyatlarini baholaş va ilğor xalqaro tajribani mahalliy amaliyotga tatbiq etiş yollarini körib çiqişdan iborat böldi.
🔎 Monitoring davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🔹 filial bölimlarining iş faoliyati;
🔹 taşxislaş va davolaş jarayonlarining taşkil etilişi;
🔹 bemorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar;
🔹 zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalaniş samaradorligi.
🩺 Taşrif davomida turkiyalik mutaxassislar filial şifokorlari bilan tajriba almaşdi. Murakkab klinik holatlar birgalikda muhokama qilindi, taşxislaş va davolaş jarayonlarini takomillaştiriş hamda tibbiy xizmat sifatini oşiriş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
🤝 Uşbu taşrif xalqaro tajribani hududiy onkologiya amaliyotiga tatbiq etiş va mahalliy mutaxassislarning kasbiy könikmalarini rivojlantiriş uçun imkon yaratdi.