25 Noy 2026
«BIR MAKON – BIR YO‘L»: TIBBIYOTDA BILIM, TAJRIBA VA XALQARO HAMKORLIK
«Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiy hamkorlikning yangi bosqichi davom etmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialining 10 nafar shifokori Xitoy Xalq Respublikasining Shaosin universitetida (Shaoxing University) tashkil etilgan maxsus o‘quv va klinik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
🎓 Dasturning asosiy maqsadlari:
🔹 Tibbiyot sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash;
🔹 Ilg‘or xorijiy klinik tajribani o‘rganish;
🔹 Zamonaviy tashxislash va davolash usullari bilan tanishish;
🔹 Olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarni hududiy onkologiya xizmatiga tatbiq etish;
🔹 Xalqaro professional hamkorlikni rivojlantirish.
🏥 Dastur davomida shifokorlar universitetning klinik va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, xitoylik mutaxassislar bilan kasbiy tajriba almashmoqda.
Ushbu xalqaro ta’lim dasturi mutaxassislarimizning kasbiy salohiyatini oshirish hamda Andijon viloyatida onkologik yordam sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
✨ Yangi bilimlar, ilg‘or tajriba va mustahkam hamkorlik — bemorlar salomatligi yo‘lidagi umumiy maqsadimizdir!