17 Noy 2026
XALQARO BEMORLAR BILAN ISHLASH: YAGONA TIZIM VA MUVOFIQLASHTIRILGAN YONDASHUV
Yig‘ilishda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Araz Jalilov bo‘lim faoliyati, uning tarkibi hamda xorijiy bemorlar bilan ishlashning muvofiqlashtirilgan tartibi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Bugun ertalab Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi konferensiyalar zalida shifokorlar, hamshiralar, klinik ordinatorlar va magistrlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🎙 Yig‘ilishda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Arazbey Jalilov bo‘lim faoliyati, uning tarkibi hamda xorijiy bemorlar bilan ishlashning muvofiqlashtirilgan tartibi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
👥 Taqdimot davomida Xalqaro aloqalar bo‘limi jamoasi va xodimlarning vazifalari tanishtirildi:
🔹 Olimxan Xadjixanov — Xalqaro aloqalar bo‘limi menejeri;
🔹 doktor Robert Vitalyevich — shifokor-koordinator;
🔹 Aziza Islomova — xorijiy bemorlarni jalb etish bo‘yicha menejer;
🔹 Samandar Qosimov — xorijiy bemorlarning tashrifini tashkil etish bo‘yicha menejer;
🔹 Tigina Fayzullayevna — resepshn va ro‘yxatga olish yo‘nalishi mas’uli;
🔹 Muslima Saidova — bemorlarni kuzatib borish va hamshiralik xizmatlari bo‘yicha mas’ul;
🔹 Nazokat Ubaydullayeva — marketing bo‘yicha menejer;
🔹 Iskandar Safiullin — bosh dizayner;
🔹 Rustam Jalilov — dizayner va videomontaj mutaxassisi;
🔹 Laziza Xolmo‘minova — marketing assistenti, foto va videomontaj mutaxassisi;
🔹 Xurshidbek Davletaliyev — fotograf va videograf.
🔹 Zaripova Kamilla— fotograf va videograf.
📋 Taqdimotda xorijiy bemorning dastlabki murojaatidan boshlab Markazga kelishi, tibbiy hujjatlarining ko‘rib chiqilishi, tegishli mutaxassisga yo‘naltirilishi, ro‘yxatdan o‘tishi, konsultatsiya, diagnostika va davolanishigacha bo‘lgan to‘liq yo‘nalish bosqichma-bosqich tushuntirildi.
✈️ Shuningdek, bemorlar uchun transfer, mehmonxona, tarjimon, rasmiy taklifnoma va viza masalalarini hal etish, maxsus xorijiy bemorlar launjida ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi haqida ma’lumot berildi.
🩺 Davolovchi shifokorlar, shifokor-koordinator va bo‘lim xodimlari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvi, tibbiy rejadagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish hamda har bir bemorga individual yondashish zarurligi alohida ta’kidlandi.
📣 Marketing jamoasining xorijiy auditoriyaga mo‘ljallangan axborot materiallarini tayyorlash, xalqaro ko‘rgazmalar, konferensiyalar va axborot turlarini tashkil etishdagi vazifalari ham batafsil yoritildi.
🤝 Mazkur uchrashuv Xalqaro aloqalar bo‘limi va Markazning klinik bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy hamda tashkiliy xizmatlarni takomillashtirish va bemor uchun qulay, izchil xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.