08 Noy 2026
8-NOYABR — TIBBIYOT XODIMLARI KUNI!
Inson salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga ehtirom!
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Uzbekistan jamoasi barcha shifokorlar, hamshiralar va tibbiyot sohasi fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
✨ Har bir saqlab qolingan hayot, har bir bemorning sog‘ayish sari tashlagan qadami va har bir umidli nigoh ortida sizlarning cheksiz mehnatingiz, bilimingiz va mehringiz mujassam.
Oq xalat — shunchaki kasb ramzi emas. U inson hayotiga bo‘lgan mas’uliyat, fidoyilik va ezgulik timsolidir.
💐 Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kasbiy muvaffaqiyatlar va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Sizning mehnatingiz — inson hayotiga baxsh etilgan umiddir!
💙 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tibbiyot xodimlari!