06 Noy 2026
SARKOMALI BEMORLAR UCHUN XALQARO MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA BEPUL KONSILIUM O‘TKAZILDI
Konsiliumda Fransiyaning Gustave Roussy onkologiya markazi professori Axel Le Cesne hamda tibbiyot fanlari doktori X.G. Abdikarimov ishtirok etdilar.
2026-yil 4-noyabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Uzbekistanda sarkoma tashxisi qo‘yilgan hamda ushbu kasallikka shubha qilingan bemorlar uchun multidisiplinar konsilium (MDT) tashkil etildi.
🇫🇷 Konsiliumda Fransiyaning Gustave Roussy onkologiya markazi professori Axel Le Cesne hamda tibbiyot fanlari doktori X.G. Abdikarimov ishtirok etdilar.
🔬 Konsilium davomida bemorlarning klinik holatlari, diagnostika natijalari va mavjud davolash usullari batafsil muhokama qilindi. Har bir holat bo‘yicha zamonaviy xalqaro yondashuvlar asosida individual tavsiyalar berildi.
🤝 Mazkur uchrashuv xalqaro tajriba almashish, mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan onkologik yordam sifatini oshirishga xizmat qildi.
✅ Bemorlar uchun konsultatsiyalar bepul tashkil etildi.
🎥 Konsiliumdan videolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz!