04 Noy 2026
Gustave Roussy International Uzbekistan Specialists on a Working Visit to Khorezm Region
Hududiy onkologiya filiallarida tibbiy - amaliy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqori texnologiyali va dalillarga asoslangan onkologik yordamni rivojlantirish hamda soha mutaxassislari o‘rtasidagi kasbiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida markaz shifokorlaridan iborat guruh Xorazm viloyatiga amaliy uslubiy yordam uchun yuborildi.
Markazimiz mutaxassislari Xorazm viloyatida onkologik yordam sifatini oshirish, zamonaviy davolash usullarini rivojlantirish va hududiy shifokorlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida xizmat safarida bo‘lmoqda.