Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan

Shoshilinch tibbiy holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

03 Noy 2026

OCHIQ ESHIKLAR KUNI: SOG‘LIQNI SAQLASHNI BOSHQARISHNING YANGI MODELI

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar!

OCHIQ ESHIKLAR KUNI: SOG‘LIQNI SAQLASHNI BOSHQARISHNING YANGI MODELI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

🔹 Mazkur islohotlar doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida «Health Management» MChJ va «Sağlık Group» MChJ bilan hamkorlikda faoliyatni yangi boshqaruv modeli asosida tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🎯 Ushbu tashabbusning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Markazda Ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagilar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

🔹 yangi boshqaruv modelining asosiy xususiyatlari;

🔹 uning tibbiyot muassasasi faoliyatiga joriy etilish jarayoni;

🔹 boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar;

🔹 aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.

📅 Sana: 2026-yil 6-noyabr, juma

🕙 Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ToshMI-2)

☎️ Ma’lumot uchun: +998 95 113-33-43

🎥 OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

🤝 Zamonaviy boshqaruv — sifatli tibbiy yordam va samarali sog‘liqni saqlash tizimi sari muhim qadam!

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar