30 Okt 2026
MARKAZIMIZ VAKILLARI «UNITED MEDICAL EXPO — 2026» XALQARO KÖRGAZMASIDA
2026-yil 28–29-oktabr kunlari Qozoğiston Respublikasining Ostona şahridagi «EXPO» xalqaro körgazmalar markazida «United Medical Expo — 2026» tibbiyot körgazmasi bölib ötdi.
Tadbirda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Özbekiston tibbiyot markazi vakillari iştirok etdilar.
🌐 Körgazma tibbiyot texnikasi, şifoxona uskunalari, farmatsevtika, farmakologiya, tibbiy turizm, stomatologiya hamda estetik tibbiyot sohalaridagi zamonaviy yeçimlarni bir maydonda jamladi.
📊 Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, tadbirda 15 davlatdan 100 dan ortiq kompaniya, tibbiyot markazlari, klinikalar, ishlab çiqaruvçilar va soha ekspertlari qatnaşdi. Körgazmaga 5 000 dan ortiq taşrif buyuruvçi kelib, biznes dasturda 25 dan ziyod spiker ma’ruza qildi.
🔬 Markazimiz vakillari:
🔹 zamonaviy diagnostika va davolaş uskunalari;
🔹 raqamli tibbiyot va innovatsion texnologiyalar;
🔹 farmatsevtika sohasidagi yangi işlanmalar;
🔹 tibbiy xizmatlar va xalqaro tibbiy turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdilar.
🤝 Körgazma doirasida xorijiy kompaniyalar, tibbiyot muassasalari va ekspertlar bilan professional muloqotlar ötkazilib, tajriba almaşildi hamda istiqbolli hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi.
✨ Xalqaro tadbirda iştirok etiş Markazimiz faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, onkologik yordam sifatini oşiriş va xalqaro professional aloqalarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
🌍 Ilğor tajriba, innovatsiya va xalqaro hamkorlik — zamonaviy tibbiyot taraqqiyotining muhim omillaridir!