Onkolog-jarroh
Yusupbekov Abrorbek Axmadjanovich
Torakal va abdominal jarrohlik, umumiy jarrohlik
Professional rezyume
Professor Yusupbekov torakal jarrohlik bo'limi ilmiy rahbari sifatida o'pka, ko'ks oralig'i, qizilo'ngach, kardioezofageal va me'da hamda qorin parda o'smalarini zamonaviy jarrohlik usullari bilan davolaydi. U ilmiy dalillar va ilg'or texnologiyalarga asoslangan individual yondashuv bilan har bir bemorga eng yuqori sifatli yordam ko'rsatadi. Uning rahbarligida 2 fan doktori va 6 fan nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan bo'lib, u soha rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda.
Mutaxassislik yo'nalishlari
- O'pka jarrohligi – saraton va boshqa o'smalar, metastazlar: kengaytirilgan pulmonektomiya, lob va bilobektomiya
- Ko'ks oralig'i jarrohligi – timus, teratoma, nevrinoma kabi o'smalarni kengaytirilgan olib tashlash
- Qizilo'ngach jarrohligi – Luyis va MakKayn ochiq va kaminvaziv gibrid operatsiyalari
- Kardioezofageal soha va me'da jarrohligi – Garlok-Osawa, Garlok, Double Track, Nissen-Tupe operatsiyalari
- Minimal invaziv va ochiq jarrohlik – laparoskopik, torakoskopik va an'anaviy ochiq usullar
- Qorin parda o'smalari va murakkab onkologik holatlar – kompleks baholash va jarrohlik davolash
Ta'lim va malaka
Tibbiyot doktori (M.D.) – 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti, O'zbekiston (1989–1995)
Umumiy jarrohlik bo'yicha klinik ordinatura – 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti, O'zbekiston (1995–1997)
NAZ Medical Center jarrohi – Riyod, Saudiya Arabistoni (2000–2001)
Torako-abdominal onkojarrohlik bo'yicha malaka oshirish – N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi, Rossiya (2002)
Onkologiya ixtisosligi – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2006)
Onkojarrohlik bo'yicha xorijiy malaka oshirish – Kyongi va SAM hospitallari, Koreya (2015, 2017)
Torakal onkojarrohlik va endoxirurgiya bo'yicha malaka oshirish – Seul universiteti Bundang gospitali, Koreya (2022)
Torakal onkojarrohlik bo'limi ilmiy rahbari – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi, O'zbekiston (2016–hozirgi kungacha)
Sertifikatlar va litsenziyalar
Umumiy jarrohlik bo'yicha klinik ordinatura – Diplom, 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti, O'zbekiston (1997)
Tibbiyot fanlari nomzodi, 14.00.27 – Jarrohlik, 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti, O'zbekiston (1999)
Onkologiya ixtisosligi – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2006)
Tibbiyot fanlari doktori, 14.00.14 – Onkologiya, Respublika onkologiya ilmiy markazi, O'zbekiston (2008)
Tibbiyot fanlari professori – O'zbekiston (2019)
N. Pirogov nomidagi xalqaro jarrohlar uyushmasi a'zosi (2002-yildan)
Evropа tibbiy onkologlar jamiyati a'zosi – ESMO (2009-yildan)
Amerika klinik onkologlar assotsiatsiyasi a'zosi – ASCO (2014-yildan)
Yutuqlar va ilmiy faoliyat
Jami 500 ga yaqin ilmiy nashrlar, shulardan so'nggi 5 yilda Scopus-da nashr etilgan maqolalari (h-index=3)
Uning rahbarligida 2 ta fan doktori va 6 ta fan nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan