Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

Onkolog-jarroh

Latifjon Solijon o’g’li Nishonboyev

Bosh-bo'yin o'smalari onkojarrohi

Professional rezyume

Dr. Nishonboyev bosh-bo'yin o'smalari bo'limining shifokori va markaz mustaqil izlanuvchisi sifatida klinik va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanadi. U bosh va bo'yin sohasidagi turli xavfli va xavfsiz o'smalar jarrohligida zamonaviy yondashuvlar asosida jarrohlik operatsiyalarini amalga oshiradi. Klinik amaliyot, innovatsiya va ilmiy yondashuvni uyg'unlashtirish asosida davolash natijalarini doimiy yaxshilab, o'z malakasini muntazam rivojlantirib kelmoqda.

Mutaxassislik yo'nalishlari

  • Bosh-bo'yin saratoni va o'smalarini jarrohlik yo'li bilan davolash
  • Laringektomiya, xordektomiya, tireoidektomiya
  • Glossektomiya va til resektsiyalari
  • Yuqori va pastki jag'da operatsiyalar
  • Og'iz bo'shligi o'smalarini davolash
  • O'sma oldi kasalliklarida jarrohlik

Ta'lim va malaka

Tibbiyot doktori (M.D.) – Toshkent tibbiyot akademiyasi, davolash fakulteti, O'zbekiston (2009–2016)

Umumiy onkologiya bo'yicha klinik ordinatura – RIOvaRIATM, O'zbekiston (2018–2020)

Bosh-bo'yin o'smalari mutaxassisligi – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2019–2020)

Mikroxirurgiya mutaxassisligi – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2023–2024)

Bosh-bo'yin o'smalarini zamonaviy davolash bo'yicha malaka oshirish – Frayburg universiteti klinikasi, Germaniya (2024)

Sertifikatlar va litsenziyalar

Umumiy onkologiya bo'yicha klinik ordinatura – Diplom, O'zbekiston

LOR kasalliklarni diagnostikasi – Sertifikat, O'zbekiston

Bosh-bo'yin o'smalarini zamonaviy davolash bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, Germaniya

Yutuqlar va ilmiy faoliyat

RIOvaRIATM II-yil mustaqil izlanuvchisi (PhD)

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar