Onkolog-jarroh
Nig’monov Otabek Odil o’g’li
Bosh-bo'yin o'smalari onkologi va onkojarrohi
Professional rezyume
Dr. Nig'monov bosh-bo'yin o'smalari bo'limining jarrohi va markaz mustaqil izlanuvchisi sifatida klinik va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanadi. U bosh va bo'yin sohasidagi turli xavfli va xavfsiz o'smalar jarrohligida zamonaviy yondashuvlar asosida jarrohlik, mikroxirurgik va endoxirurgik diagnostika hamda davolash ishlarini amalga oshiradi. Klinik amaliyot, innovatsiya va ilmiy yondashuvni tadbiq qilish asosida davolash natijalarini doimiy yaxshilab, o'z malakasini muntazam rivojlantirib kelmoqda.
Mutaxassislik yo'nalishlari
- Bosh-bo'yin saratoni va o'smalarini jarrohlik yo'li bilan davolash
- Laringektomiya, xordektomiya, tireoidektomiya
- Glossektomiya va til resektsiyalari
- Yuqori va pastki jag'da operatsiyalar, og'iz bo'shligi o'smalarini davolash
- Bo'yin hajmli xosilalari va bosh-bo'yin terisi hosilalarida jarrohlik
- O'sma oldi kasalliklarini jarrohlik yo'li bilan davolash
Ta'lim va malaka
Tibbiyot doktori (M.D.) – Toshkent tibbiyot akademiyasi (2008–2016)
Umumiy onkologiya bo'yicha magistratura – Toshkent tibbiyot akademiyasi (2016–2019)
Bosh-bo'yin onkologi mutaxassisligi – Tibbiy xodimlar malakasini oshirish instituti, onkologiya kafedrasi (2019)
Bosh-bo'yin o'smalarini zamonaviy davolash bo'yicha malaka oshirish – Apollo Super Specialty Hospital, Hindiston (2023)
Bosh-bo'yin o'smalarini zamonaviy davolash bo'yicha malaka oshirish – SNUH, Seul milliy universiteti gospitali, Janubiy Koreya (2024)
Sertifikatlar va litsenziyalar
Umumiy onkologiya bo'yicha magistratura – Diplom, O'zbekiston
Bosh-bo'yin onkologi mutaxassisi – Diplom, O'zbekiston
Bosh-bo'yin onkologiyasi bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, Apollo, Hindiston
Bosh-bo'yin a'zolari plastik jarrohligi bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, Apollo, Hindiston
Mikroxirurgiya asoslari bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, SNUH, Janubiy Koreya
Bosh-bo'yin onkologiyasi bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, SNUH, Janubiy Koreya
Rinologiya jarrohligi bo'yicha malaka oshirish – Sertifikat, SNUH, Janubiy Koreya
Yutuqlar va ilmiy faoliyat
Jami 25 dan ortiq ilmiy nashrlar
Bosh-bo'yin a'zolari saratonini davolashda rekonstruktiv-plastik operatsiyalar ahamiyati bo'yicha ilmiy magistrlik ishi