Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

Endoskopist

Ilyos Ilhomjonovich Imomov

Ezofagogastroduodenoskopiya (EFGD), fibrobronhoskopiya (FBS), fibrolaringoskopiya (FLS), fibrorinoskopiya (FRS), fibrokolonoskopiya (FKS), Endoskopik Retrograd Xolangiografiya va Pankreatografiya (ERXhP)

Professional rezyume

Onkolog-endoskopist sifatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, zamonaviy endoskopik usullar yordamida aniq tashxis qo'yish hamda davolash jarayonini monitoring qilish bilan shug'ullanaman. Har bir bemorning individual klinik holati va psixologik ahvolini inobatga olgan holda, zamonaviy endoskopik texnologiyalardan foydalanib, ishonchli tashxis va samarali diagnostik yondashuvni taqdim etaman. Asosiy maqsadim — kasallikni imkon qadar erta aniqlash, to'g'ri tashxis qo'yish va bemorlarga nafaqat tibbiy, balki psixologik jihatdan ham qo'llab-quvvatlovchi yondashuvni ta'minlashdir.

Mutaxassislik yo'nalishlari

  • Oshqozon-ichak trakti, nafas yo'llari va boshqa a'zolarning onkologik kasalliklarini endoskopik erta aniqlash
  • Endoskopik tekshiruvlar davomida saraton oldi holatlari va o'smalarni erta tashxislash
  • Zamonaviy endoskopik usullar yordamida biopsiya olish va tashxisni morfologik tasdiqlash
  • Onkologik bemorlarda davolash samaradorligini endoskopik monitoring qilish va kasallikning qaytalanishini erta aniqlash
  • Individual va psixologik holatni inobatga olgan holda yuqori sifatli diagnostik va konsultativ yordam ko'rsatish

Ta'lim va malaka

Tibbiyot doktori (M.D.) — Toshkent tibbiyot akademiyasi, Davolash ishi fakulteti (2012–2018)

Klinik ordinatura, Onkologiya — Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2018–2020)

Fibroendoskopiya mutaxassisligi bo'yicha kurs (2023)

Sertifikatlar va litsenziyalar

Litsenziyalangan shifokor (M.D.) — Toshkent tibbiyot akademiyasi (2012–2018)

Klinik ordinatura onkologiya — Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2018–2020)

Japan International Cooperation Agency hamkorligida Kyushu University — Endoscopic diagnostics and therapeutics of early gastric cancer (2024)

Yutuqlar va ilmiy faoliyat

Onkologik kasalliklarni erta aniqlashda sun'iy intellekt (AI) va zamonaviy endoskopik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha ilmiy izlanishlar

Endoskopik diagnostikada innovatsion texnologiyalar, raqamli tibbiyot va mashinali o'qitish (Machine Learning) usullarini qo'llash bo'yicha ilmiy faoliyat

Endoskopiyada sun'iy intellektni qo'llash va oshqozon saratonini erta aniqlash mavzulariga bag'ishlangan ilmiy maqolalar va tezislar muallifi — 2025–2026-yillar

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar