Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Onkolog-jarroh

Rasulbek Davletov

Tayanch-harakat tizimi o'smalari jarrohi

Professional rezyume

Tayanch-harakat tizimining xavfli va xavfsiz o'smalari, jumladan teri, yumshoq to'qima va suyak o'smalarini zamonaviy jarrohlik usullari yordamida tashxislash va davolash bilan shug'ullanaman. Asosiy faoliyat yo'nalishim a'zo saqlovchi jarrohlik amaliyotlari, rekonstruktiv jarrohlik hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks onkoortopedik davolashni amalga oshiramat. Har bir bemorga individual yondashuv hamda yuqori professional mas'uliyat tamoyillariga amal qilaman.

Mutaxassislik yo'nalishlari

  • Teri, yumshoq to'qima va suyaklarning xavfli va xavfsiz o'smalarida a'zo saqlovchi va rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari
  • Uzun naysimon suyak o'smalarida yirik bo'g'imlarni endoprotezlash
  • Suyaklarni plastik va osteosintez jarrohlik amaliyotlari
  • Teri va yumshoq to'qimaning katta hajmli o'smalarini olib tashlash va plastik jarrohlik yo'li bilan yopish
  • Chanoq suyaklari o'smalarida a'zo saqlovchi jarrohlik amaliyotlari

Ta'lim va malaka

Bakalavr, Davolash ishi — Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (2000–2007)

Magistratura, Umumiy onkologiya — Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (2007–2010)

Mustaqil izlanuvchi — Respublika onkologiya ilmiy markazi (2011–2012)

Tayanch-harakat tizimi o'smalari kursi — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2016)

Zamonaviy diagnostika va davolash usullari — N.N. Bloxin nomidagi onkologiya milliy markazi, Moskva (2018)

Gemotransfuzion reaktsiyalar va asoratlar oldini olish — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (2020)

Orthopedics and Traumatology — Liv Hospital, Istanbul, Turkiya (2021)

Master-class in reconstructive microsurgery of the Upper Limb — Universitat Autonoma de Barcelona, Boloniya, Italiya (2023)

Clinical Oncological Arthroplasty Observership — Koç Üniversitesi Hastanesi, Istanbul, Turkiya (2023)

Modern surgical practices in spinal tumors and endoprosthesis of large joints — Emsey Hospital, Istanbul, Turkiya (2023)

Orthopedics and Traumatology Observership including Endoprosthetics and Plastic Surgery of large joints in bone tumors — Koç Üniversitesi Hastanesi, Istanbul, Turkiya (2024)

Sertifikatlar va litsenziyalar

Litsenziyalangan shifokor (M.D.) — Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (2000–2007)

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti — Tayanch-harakat tizimi o'smalari, 6 oylik kurs (2016)

Onkoortopediya bo'yicha sertifikatlar: Rossiya — N.N. Bloxin nomidagi onkologiya milliy markazi (2018), Italiya — Universitat Autonoma de Barcelona (2023), Turkiya — Liv Hospital (2021), Koç Üniversitesi Hastanesi (2023, 2024), Emsey Hospital (2023)

Yutuqlar va ilmiy faoliyat

Bir qator ilmiy maqolalar va metodik qo'llanmalar muallifi — 2011–2026-yillar

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.