Onkolog-jarroh
Adilxodjaev Askar Anvarovich
Umumiy jarrohlik, robotik jarrohlik, bariatrik jarrohlik
Professional rezyume
Professor Adilxo'jayev oshqozon-ichak traktining onkologik va onkologik bo'lmagan kasalliklarini laparoskopik va robotik jarrohlik usullari yordamida tashxislash va davolashga ixtisoslashgan. U oshqozon, oshqozon osti bezi va ichak o'smalarini xalqaro klinik protokollar (ASCO, ESMO) asosida boshqaradi. Rossiya, Janubiy Koreya, Gruziya, Xitoy va Yaponiyada olingan keng ko'lamli tajriba asosida har bir bemorga minimal invaziv yondashuv qo'llaydi. U har bir bemor uchun eng yaxshi funksional natija va hayot sifatiga erishishga intilib ishlaydi.
Mutaxassislik yo'nalishlari
- Oshqozon, oshqozon osti bezi, yo'g'on va to'g'ri ichak saraton kasalliklarida minimal invaziv, robotik va ochiq jarrohlik amaliyotlari
- Jarrohlікdan keyin tezlashtirilgan tiklash (ERAS) protokollari
- Qorin churrasi, diafragma qorin parda teshigi churrasi, o't-tosh kasalligi va oshqozon yarasi uchun minimal invaziv davolash
- Metabolik sindrom va semizlik uchun bariatrik jarrohlik (sleeve-rezeksiya, mini-gastroshuntlash)
- Jarrohlіkdan keyin funksional natijalar va hayot sifatini yaxshilash
Ta'lim va malaka
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Tibbiyot bakalavri (1998–2005)
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Jarrohlik mutaxassisligi bo'yicha magistratura (2005–2008)
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) (2010)
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Tibbiyot fanlari doktori (2016)
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Dotsent ilmiy unvoni berildi (2018)
Onkologiya va radiologiya respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Professor ilmiy unvoni berildi (2025)
Rossiya Federatsiyasida stajirovka — gastroenterologik onkologiya (2007)
Rossiya Federatsiyasida stajirovka — operativ va diagnostik endojarrohlik (2012)
Koreya Respublikasida stajirovka — pankreatobiliar jarrohlik va laparoskopiya (2018)
Koreya Respublikasida stajirovka — oshqozon onkojarrohlik va laparoskopiya (2022)
Gruziyada stajirovka — bariatrik va metabolik jarrohlik (2021)
Xitoyda stajirovka — robotik jarrohlik (2025)
Yaponiyada stajirovka — gastroenterologik onkologiya, laparoskopiya va robotik jarrohlik (2025)
Sertifikatlar va litsenziyalar
Endoskopik jarroh (2017)
Ftiziojarroh (2018)
Onko-abdominal jarroh (2018)
Oliy malakaviy toifadagi vrach (2018)
Yutuqlar va ilmiy faoliyat
Colovac 2 kolorektal anastomoz himoya qurilmasining samaradorligi va xavfsizligi: SafeHeal SAFE-2023 tadqiqoti, Surgical Endoscopy
Tillyashayhov M.N., Adilxo'jayev A.A. va boshq. Bizning tajribamizda D2 limfodisseksiya bilan birinchi laparoskopik gastrektomiya. Japanese Journal of Gastroenterological Research, 2022
Xakimov M.Sh., Adilxo'jayev A.A., Tsay V.E. Periampullyar o'smalar: diagnostika va jarrohlik taktikasining xususiyatlari. Seulda xalqaro jarrohlik onkologiyasi simpoziumi, 2017
Karimov Sh.I., Xakimov M.Sh., Adilxo'jayev A.A. va boshq. Periampullyar o'smali bemorlarda jarrohlik davolash usulini tanlash. Annals of Surgical Hepatology, Moskva, 2013