Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

Tibbiy onkolog

Abdulaziz Ikromovich Adburahimov

Tibbiy onkolog

Professional rezyume

Respublika Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi Target va Immun terapiya bo'limi shifokori sifatida faoliyat yuritadi. Onkologik bemorlarni zamonaviy davolash protokollari asosida olib borish, davolash samaradorligini baholash va monitoring qilish bo'yicha tajribaga ega.

Mutaxassislik yo'nalishlari

Tibbiy onkologiya va kimyoterapiya yo'nalishlarida faoliyat yuritadi. Limfomalar, ko'krak bezi saratoni, o'pka saratoni hamda kolorektal saraton bilan og'rigan bemorlarda zamonaviy klinik protokollar asosida tizimli antitumor davolashni amalga oshiradi. Kimyoterapiya, maqsadli (target) terapiya va immunoterapiya kurslarini rejalashtirish, davolash samaradorligini baholash, nojo'ya ta'sirlarni monitoring va korreksiya qilish, shuningdek bemorlarni davolash jarayonida kompleks kuzatish bilan shug'ullanadi. Onkologik bemorlarni multidisiplinar yondashuv asosida boshqarish va qo'llab-quvvatlovchi terapiya olib borish bo'yicha amaliy tajribaga ega.

Ta'lim va malaka

Tibbiyot doktori (M.D.) — Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (2017–2023)

Tibbiy onkologiya ordinatura — Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy Amaliyot Tibbiyot Markazi (2023–2025)

Tibbiy onkologiya bo'yicha malaka oshirish kursi — Karabuk Training and Research Hospital, Karabuk University (2026)

Sertifikatlar va litsenziyalar

Litsenziyalangan shifokor (M.D.) — Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (2017–2023)

Tibbiy Onkolog — Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy Amaliyot Tibbiyot Markazi (2023–2025)

Tibbiy onkologiya bo'yicha malaka oshirish kursi — Karabuk Training and Research Hospital, Karabuk University (2026)

Yutuqlar va ilmiy faoliyat

Bir qator ilmiy maqolalar va metodik qo'llanmalar muallifi — 2025–2026-yillar

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar