Xalqaro laboratoriya xodimlari onkologiya markaziga tashrif

Joriy yilning 1 fevral kuni O’zbekiston onkologiya va radiologiya markazi tomonidan Kani-Lab xalqaro laboratoriyasi xodimlari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida laboratoriya direktori Janob Pol Sansever tomonidan malign neoplazmalarda genetik tadqiqotlar olib borishda laboratoriya imkoniyatlari va salohiyati namoyish etildi.

Markaz direktori, professor M. N. Tillyashayxov tomonidan molekulyar-genetik tadqiqotlar va umuman onkologiya sohasida O’zbekiston-Turkiya munosabatlari yuksak baholandi.

Tashrif davomida mahorat darslarini o’tkazish, qo’shma tadqiqotlar olib borishda kelishuvga erishildi, shuningdek onkologiya markazi xodimlarining malaka va stajirovkalarini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Orqaga qaytish