Viloyat filialida tadbir bo’lib o’tdi…

RIOvaRIATM Toshkent viloyat filialida Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Joriy yilning 4-fevral kuni filial direktori, professor A.N.Abduhakimov boshchiligida muassasa barcha xodimlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tadbir davomida ushbu muammoning dunyo aholisida globallashuvi haqida maxsus tayyorlangan taqdimot tinglandi va onkologik kasalliklarga qarshi kurash yo’lidagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Toshkent viloyatida saraton kasalligiga chalinganlarga yordam ko’rsatishni yaxshilash bo’yicha tadbirlar rejasi va yo’l xaritasi muhokama qilindi.

Orqaga qaytish