Onkoproktologiya bo’yicha master-klass…

Moskva tibbiyot markazi professori tomonidan onkoproktologiya bo’yicha maxorat-darsi

Joriy yilning 22-fevralida professor Arsen Rasulov RIOvaRIATMga tashrif buyurdi. Professor A. Rasulov Evropa onkoproktologlari, Rossiya Federatsiyasi onkologlari assotsiatsiyasining xaqiqiy a’zosi bo’lib, yo’g’on ichak o’simtalarini an’anaviy va laparoskopik usulda bajaradi.

Professor A.Rasulov tashrifi davomida RIOvaRIATMning onkologiyada laparoskopik jarrohlikni ishlab chiqish va amalga oshirishda olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi, shuningdek, O’zbekiston Onkologiya markazi va “Lapino” klinikasi o’rtasida o’zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, markazlar o’rtasidagi bunday qo’shma operatsiyalar bunday jarrohlik aralashuvlar bilan shug’ullanadigan jarrohlarning malakasini oshirishga olib keladi. Amaliyotlarni standartlashtirish jarrohlik texnikasi takomillashtirishga yordam beradi.

Aytilganlarni davom ettirar ekan, u RIOvaRIATM va Lapino klinikasi o’rtasidagi hamkorlik bir yildan ko’proq vaqt davomida davom etayotganini va ushbu yo’nalishda yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi, chunki qaysi davlatlarda yashashimizdan qat’i nazar, maqsadimiz bir – bu jarrohlik faoliyati va malakasini yuksaltirishdir.

«Shuningdek, biz sizning markazingizdagi mutaxassislarning Moskvaga javob tashrifini kutmoqdamiz va biz ushbu hamkorlikni yanada qo’llab-quvvatlashni rejalashtirmoqdamiz» – dedi A. Rasulov.

Orqaga qaytish