G’ulomov 02.02.2022

Pastki jag‘ katta hajmli o‘smasini jarrohlik yo‘li bilan davolash
Bemor G. 10 yosh
Respublika onkologiya va radiologiya bo‘limiga chap tomonlama pastki jag‘ sarkomasi mahalliy tarqalgan turi T2бN1Mo.
8-kurs polikimyoterapiyadan keyingi holat. Asorati: o‘sma yemirilishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Tashxis 2 yil avval aniqlangan va jarrohlik amaliyoti tavsiya etilgan, lekin bu kichik bemorning ota-onasi jarrohlik amaliyotidan bosh tortgan va bemor polikimyo davo muolajalarini qabul qilgan. O‘tkazilgan davo muolajalariga qaramasdan o‘smaning davomli o‘sishi va o‘smaning yemirilishi kuzatilgan. Shu sababli jarrohlik amaliyotiga kelishilgan.
Bemorga 15.11.2021 kuni bosh va bo‘yin o‘smalari bo‘limi ilmiy rahbari, t.f.d. Xasanov A.I. boshchiligida bolalar bo‘limi shifokorlari bilan birgalikda bo‘yin chap tomoni limfodissektsiyasi va gemimandibuloectomiya o‘sma bilan birgalikda olish jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Bolaning 3 oylik nazoratdan keyingi natijalari qoniqarli.
Shuni aytish lozimki, bunday murakkab jarrohlik amaliyotlari markazda har kuni bajariladi. Lekin o‘z vaqtida murojaat etish og‘ir asoratlar olib kelishini kamaytiradi.

Orqaga qaytish