O’zbekiston onkologlarining yillik XVII konferensiyasi

Oʼzbekiston onkologlarining xar yilgi XVII konferentsiyasi
(2020 yil 17 noyabr, Аndijon shaxri)

Joriy yilning 17 noyabrь sanasida Oʼzbekiston onkologlarining xar yilgi XVII ilmiy-amaliy konferentsiyasi “Palliativ onkologiya: yangi ufqlar va kelajaklari” mavzusiga bagʼishlangan boʼlib, Oʼzbekiston respublikasi sogʼliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, Oʼzbekiston Onkologlar Аssotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizning turli xududlaridan, yaqin va uzoq horijdan 750 nafardan ortiq delegat ishtirok etishdi.

Konferentsiyada kirish soʼzi bilan RIOvaRIАTM direktori, Oʼzbekiston onkologlar Аssotsiatsiyasi Prezidenti, OʼzR SSV bosh onkologi professor Tillyashayxov M.N., Sogʼliqni saqlash vazirligining fan va taʼlim bosh boshqarmasi boshligʼi Oʼ.S.Ismoilovlar yigʼilganlarni qutlashdi.

Konferentsiyaning ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasidan E.V.Kumirovaning bolalar onkologiyasida palliativ yordamning muammolari xususida maʼruzasi tinglandi. Turkiya Respublikasining yetakchi onkologlaridan, professor Ozgur Ozilxan tomonidan “Turkiyada palliativ yordam kontseptsiyasi” maʼruzasi tinglandi. Bundan tashqari, Rossiya milliy onkologiya markazi ximioterapiya boʼlimi raxbari, professor А.А.Fedenko “yumshoq toʼqimalar sarkomalarini palliativ davolashda target davo” mavzusida qiziqarli maʼruzasi tinglandi.

Shundan soʼng, konferentsiya 3 ta sektsion yigʼilishlar shaklida davom ettirildi:

1. Palliativ onkologiya;

2. Surunkali ogʼriq sindromi va Xospis yordami;

3. Onkologiyada davlat-xususiy sherikchilik istiqbollari.

Yurtimiz olimlaridan professor Gʼafur-Oxunov M.А., tibbiyot fanlari doktorlari Аlimxodjaeva L.T., Zaxirova N.N., Kamqshov S.V., Nishonov D.А., tibbiyot fanlari nomzodlari Аgzamxodjaeva D.А., Korenь L.P., Ososkov А.V., Ziyaev Ya.P.lar oʼzlarining qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Barcha sektsiyalardagi maʼruzalar butun dunyoda dolzarb boʼlgan mavzu – kechki bosqichlardagi va maxsus davoga ehtiyoj boʼlmagan ogʼir bemorlarga psixologik, palliativ, koʼmaklashuvchi va Xospis yordamini koʼrsatish ishlariga bagʼishlandi.

Orqaga qaytish