Kemoterapiya bo’limi

KIMYOTERAPIYA NIMA?

Xavfli o’smalarni kimyoterapiya orqali davolash – bu dori vositalari yordamida o’sma hujayralarini proliferatsiyaga uchrashi yoki ularni o’sishini oldini oluvchi jarayondir.

«Kimyoterapiya» nomi bilan o’smaga qarshi dari vositalari ta’sirida olib borilgan barcha davolash usullari tushuniladi, bunday usulda davolovchi bo’lim xam «Kimyoterapiya  bo’limi» deb  yuritiladi. Kimyoterapiya  bilan davolash bo’limlari  endigina  yaratilgan 1960-70 yillarga nisbatan, xozirgi kunda xavfli o’sma kasalliklarini davolashda dori vositalar qamrovi juda keng, u yillarda dori vositalari kam bo’lgan. Kimyoterapiya  mutaxassisligi nomi ancha tarixga boy bo’lsa xam, zamonaviy shifokor-kimyoterapevtlar o’z ish jarayonida klassik tsitostatiklar (kimyo vositalari) bilan bir qatorda yangi dori vositalarini, xatto o’smaga qarshi bir necha doridan iborat bo’lgan vositalar sinfini xam qo’llashmoqda – endokrinoterapiya, target (nishonli) terapiya, immunoterapiya va boshqalar.

Xavfli o’smalarni dori vositalari, xususan kimyoterapiya  usuli bilan davolash – ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlarni davolashdagi zanjirning asosiy tizimlaridan biri xisoblanadi. Asosan, solid (nogemotologik) o’smalarni davolashda, uni kombinirlashgan davo usullari bilan birgalikda qo’llaniladi, ya’ni jarroxlik amaliyotlari, nur terapiyasi bilan birgalikda. Bu davo ta’sirini (o’zaro mustaxkamligini) oshiradi, ya’ni, bir usulni qo’llagandan ko’ra barcha davo usullarini birgalikda qo’llash  yaxshi natija beradi. Ko’p hollarda davoning bu usullari xavfli o’sma kasalligi erta bosqichlarda aniqlanganda qo’llaniladi. Bunday hollarda jarroxlik amaliyotidan oldingi (neoad’yuvant) va keyingi (ad’yuvant) kimyoterapiya, mikroskopik o’sma xujayralarini (mikrometastazlarni) yo’q qilish xususiyatiga ega bo’ladi.  Birlamchi o’smani jarroxlik amaliyoti usuli bilan olib tashlanganiga qaramay, dori vositalari bilan davolash usullari o’tkazilmasa, mikrometastazlar o’zini xayot jarayonini saqlab qoladi va bir qancha vaqt o’tishi bilan kasallikni qaytalanishi (retsidivlanishi)ga olib keladi, bu  esa kasallik bashoratini ancha susaytiradi. Misol uchun, 1940-50yillarda ko’krak bezi saratonini erta bosqichlarida jarroxlik amaliyoti (radikal mastektomiya) bajarilganligiga qaramasdan, bemorlarning yarminigina yashash davomiyligi yaxshi bo’lgan. Dori vositalarini ad’yuvant usulda qo’llash bemorlarni 90%ni sog’ayishi imkonini yaratadi. Bundan tashqari, ad’yuvant (neoad’yuvant) davo usulini qo’llash xavf jarayoniga ta’sirini susaytirmasdan, o’tkaziladigan jarroxlik amaliyotlari xajmini qisqartirishga yordam beradi, ya’ni ko’krak bezi butunlay olib tashlanmaydi (radikal mastektomiya), shu tufayli bunday xajmi qisqartirilgan jarroxlik amaliyotini tez-tez qo’llash imkoni ko’paymoqda. Yo’g’on va to’g’ri ichak saratoni, osteogen sarkoma, bosh-bo‘yin, oshqozon, o’pka va tuxumdonlar saratoni bilan og’rigan bemorlarda xam ad’yuvant kimyoterapiya  usulini qo’llash katta muvaffaqitlarga sazovor bo’lgan.

O’smalarni dori vositalar bilan davolash alohida terapiya  bo’lib qo’llanilishi ham mumkin. Ko’p hollarda bunday davodan uzoq metastazlar paydo bo’lganida foydalaniladi. Xavfli o’smalarda uzoq metastazlar paydo bo’lganligi davolay olmaslikni sinonimi bo’lmay qoldi. Trofoblast, moyak, tuxumdonlar germinogen o’smalarida, kolorektal saratonida, osteogen sarkomasida,  Yuing sarkomasi oilasiga mansub o’smalarda, o’pka mayda xujayrali o’smalarida jarroxlik amaliyoti yoki nur terapiyani qo’llash yoki qo’llamaslikdan qat’iy nazar dori vositalari bilan davolash yaxshi natijalar berdi. Masalan, moyak germinogen o’smalarida ko’plab metatastazlar borligiga qaramay kimyoterapiyani to’g’ri qo’llash 90% bemorlarni yashab qolishini ko’rsatdi. Biroq bu kasallikdan butunlay sog’ayib ketish mumkin emas ekan, zamonaviy o’smaga qarshi kimyoterapiya  ko’p o’smalarni uzoq yillar davomida avj olishiga qarshilik ko’rsatish imkoni borligini tasdiqladi. O’pka, buyrak, oshqozon saratoni, melanoma bilan og’rigan bemorlarni ko’pchiligida (uzoq metastazlar bilan) kimyoterapiya  istiqboli keng ekanligini ko’rsatdi, oldin shifokorlar bunday hollarda bemorlarni davolashda xech nima taqdim eta olishmagan.

Kimyoterapiya  ta’sirini yaxshilash bir necha yơnalishda, ya’ni yangi usullarni yaratishga, organizmga zarar yetkazmaydigan lekin ơsma xujayralariga chuqur ta’sir etishiga, dori vositalarini qơllash usullarini optimallashtirishga (rejim, dozasi), ikkita va undan kơp dori vositalarini kombinatsiyasiga (poliximioterapiya), kompleks va kombinirlashgan davo usullarini mukammallashtirishga, ơsmaga qarshi dori vositalarni nojơya ta’sirini kamaytirish maqsadida boshqa dorilarni qơllashga boğliq. Asosiy diqqatni dori vositalarini farmakokinetika va farmakodinamikasiga, ularni ta’sir qilish mexanizmi va o’sma xujayralarini tsitokinlarga tabiiy va yaratilgan barqarorligini yengishga qaratiladi. Olingan ma’lumotlar asosida tanilgan davo usullarini ratsional qo’llash yo’llari va yangi o’smaga qarshi samarador vositalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Xujayralar qonuniyligini va mexanizmini nazorat qilish molekulyar biologiya yutuqlari, yadro retseptorlariga  boriladigan xabarlarni genetik turg’unligi yangi molukulyar yullangan yangi dori vositalarni ishlab chiqishga turtki bo’ldi (trastuzumab, imatinib, erlotinib, gefitinib, ipilimumab, vemurafenib, sunitinib, pazopanib va b.). Klinik amaliyotga antigormonlarni (antiandrogenlar, anti estrogenlar, aromataza ingibitorlari, superagonistlar LH-RH) tadbiq qilish gormonga bog’liq o’smalarni davolashda kam toksikli, lekin  yuqori samarali ekanligidan dalolat beradi. Biologik ta’sirchan modifikatorlarni (immunoterapiya) xavfli o’sma kasalliklariga qarshi qo’llash, kimyoterapiya  bilan davolashda keng imkoniyatlar yaratdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kimyoterapiya  bo’limi 1967 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Markazda ikkita kimyoterapiya bo’limi bo’lib, biri 22, ikkinchisi 40 o’ringa mo’ljallangan. Xar yili bo’limda 1000dan ortiq xar hil xavfli o’sma kasalliklari bilan og’rigan bemorlar kimyoterapiyaning o’zini yoki biror bir davoning boshqa usullari bilan birga kompleks va kombinirlashgan holda qollangan usulda davolanadilar.

 

BIZNING FAOLIYATIMIZ:
Bo’limning asosiy ilmiy-amaliy yo’nalishi quyidagilardan iborat:
1.Solid xavfli o’smalarini barcha turlarini kimyoterapiya bilan davolash usullarini yaxshilash, zamonaviy yutuqlarga asosan yangi dori vositalarini ishlab chiqish, ilmiy ishlar olib borish;
2.Markazni bo’linmalari bilan bog’langan holda, jarroxlik amaliyoti va nur terapiya bilan birgalikda o’tkaziladigan kimyoterapiya usullarini yaratish;
3.Xavfli o’sma kasalligini nozologiyasidan kelib chiqqan holda individual davolash uchun usullarni ishlab chiqish;
4.Olib borilayotgan ilmiy ishlar borasida maqola, uslubiy qo’llanma, dissertasiya, monografiyalarni taqriz qilish;
5.Monografiya, shifokorlar uchun o’quv qo’llanma, uslubiy tavsiyalar, ilmiy maqolalar yozish;
6.Onkologiya mavzusidagi halqaro anjumanlarda ishtirok etish, xavfli o’sma kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga malakali va yuqori saviyada xizmat ko’rsatish maqsadida chet el onkologik markazlarida o’z malakasini oshirish;
7.Har xil solid xavfli o’sma kasalliklarini davolashda kimyoterapiyani uzini, kombinir va kompleks davolash usullarini ambulator va statsionar davolash;
8.UzR SSV tibbiy markazlari, RIOvaRIATMning viloyat filiallari shifokor va bemorlariga maslaxat – yordam berish;
9.Onkologik muassasalari uchun amaliy shifokorlar va ilmiy kadrlar tayyorlashda (yetishtirishda) ishtirok etish;
10.O.A.V.larda sanitar-oqartuv ishlari olib borish, ilmiy-ommabop maqolalar chop etish, ilmiy tibbiyot erishgan yutuqlarini tashviqot qilish;

 

ILMIY RAXBAR, TIBBIYOT FANLARI DOKTORI-KAMISHOV SERGEY VIKTOROVICH

Bo’lim shifokorlari:

Tuydjanova Xojiniso Hoshimovna – 1-kimyoviy davolash bo’lim mudiri.
Ibragimov Jamshid Maxamadaliyevich – 2-kimyoviy davolash bo’lim mudiri.
Ma’lumot: 2000-2007yıllar. Bakalavr – Toshkent tıbbıyot akademıyası, Tıbbıy pedagogıka fakultetı talabası (2005yılgacha 1-Toshkent tıbbıyot ınstıtutı deb nomlangan).
2007-2010yıllar. Magıstratura – Toshkent tıbbıyot akademıyası magıstrı, umumıy onkologıya yo’nalıshı bo’yıcha.
2010yildan 2014yilgacha – Respublıka onkologıya ılmıy markazı (ROIM) 1-kımyovıy davolash bo’lımıda vrach-ordınator. 2014-2016y. ROIM ılmıy bo’lımı kıchık ılmıy hodımı. 2016yıl aprelıdan hozırga qadar 2-kımyovıy davolash bo’lımı mudırı lavozımıda faolyıat yurıtıb kelmoqda.
AOUZ (O’zbekıston onkologları jamıyatı), ASCO (Amerıka klınık onkologlar jamıyatı), ESMO (Yevropa tıbbıy onkologlar jamıyatı), ESO (Yevropa onkologları maktabı) a’zosı. 40 dan oshıq nashrlar (maqola va tezıslar) muallıfı, ulardan 10dan ortıg’ı – “BREAST”, “Annals of oncology”, “Clnical Nutrition”, “Yevrazıyskıy onkologıcheskıy jurnal” va boshqa shu kabı horıjıy nashrlarda chop etılgan. Ko’plab halqaro kongress va konferentsıyalarda poster doklad bılan, mıllıy konferentsıyalarda ma’ruza bılan ıshtırok etgan.

Malaka oshırısh va diplomdan keying ta’lım: 2015yılda Toshkent vrachlar malaka oshırısh ınstıtutı bazasıda Xımıoterapıya bo’yıcha bırlamchı ıhtısoslık. 2015yılda “ESO” tomonıdan tashkıl etılgan “Lımfoma va leykemıya” bo’yıcha semınar –trenıng, Askona (Shveytsarıya). Amsterdam shahrıda ESMO grantı orqalı Immuno-onkologıya bo’yıcha semınar-kursda qatnashgan. 2017yılda Latvıyanıng Rıga shahrıda “Halqaro saraton vıroterapıyası markazıda”. 2018yılnıng yanvarıda Turkıyanıng Istanbul shahrıdagı “LIV hospital” klınıkasıda malaka oshırgan. Ohırgı malaka oshırısh «Saraton ımmunoterapıyası va target terapıyası» boyıcha, Ankaranıng Bashkent Unıversıtetı klınıkasıda (Turkıya).

2017yıldan berı har oyda Markaznıng vıloyatlardagı fılaıllarıda mahorat darsları va ma’ruzalar bılan, bemorlarnı davolashda maslahat qılısh bılan ıshtrok etıb keladı. Shunıngdek doımıy ravıshda belgılangan jadvalga ko’ra vıloyatlar chekka tumanlarıda shıfokorlarda onkologık ehtıyotkorlık bo’yıcha ma’ruzalar, bemorlar ko’rıgı hamda mahallıy axborot vosıtalarıda chıqıshlarni amalga oshırıb kelmoqda.
Boǵlanısh uchun: Tel.:+998712469863

Imomov Olimjon Abdilxodjayevich – shifokor ordinator. Statistika bo’lomi rahbari.
Abduraxmanov Dalir Abdusattarovich – shifokor ordinator.
Israilova Feruza Abdulhamidovna – shifokor ordinator.
Izrailbekova Kamila Shavkatovna – kichik ilmiy xodim.
Isroilbekova Kamila Shavkatovna. 13.09.1987 yil tug’ilgan. 2012 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasini umumiy amaliyot shifokori va pedagog mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2014 yilda onkolog mutaxassisligi bo’yicha rezidentlik tamomlagan. 2014 yildan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy markazida faoliyat yuritib kelmoqda. Grant bo’yicha kichik ilmiy xodim: “Molekulyar genetic va immunologik markerlarning birlamchi – ko’plab o’smalarning paydo bo’lish mexanizmlarini o’rganishdagi o’rni”. U dasturni ishlab chiqishda ishtirok etdi – interferon maqomining avidligini aniqlash va virusli bo’lmagan Hodgkin bo’lmagan limfomalarning herpes davolash prognozini baholash. 2015 yil 15 may kuni III Xalqaro onkologlar kongressida ma’ruza bilan qatnashdi.
Bog’lanish uchun: Tel.:+998712469863

Norbekova Munira Hamroqulovna – kichik ilmiy xodim, onkologiya kafedrasi assistenti.

Niyazova Shaxnoza Xamoiddinovna – onkologiya kafedrasi assistenti.

Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Farobiy ko’chasi 383

Tel: + 998 (71) 246-98-63